O‘zbekiston | 22:41 / 08.05.2018
2847
2 daqiqa o‘qiladi

Litva O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishga intilishini qo‘llab-quvvatladi  

Foto: Sova.News

Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirish istagini qo‘llab-quvvatladi.

“Biz tashqi savdo tashkilotida tariflar, soliq erkinlashtirilganini eshitganimizdan juda xursand bo‘ldik. Bu bizni erkin savdoga yaqinlashtiradi. Biz O‘zbekistonning JST a'zosi bo‘lishga intilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu nafaqat shaffoflikka, balki savdo siyosati standartlariga ham xizmat qiladi. Biz bu borada sizning ittifoqdoshlaringizmiz”, deb aytgan Linkyavichyus jurnalistlarga.

Linkyavichyus O‘zbekistonga 8 may kuni keldi. Litva tashqi ishlar vaziri o‘zining o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida muzokaralar o‘tkazdi.

“Tashrifimizdan maqsad iqtisodiy munosabatlarni faollashtirishdan iborat. Ba'zi segmentlar ehtimol ma'lumot, rag‘bat yoki boshqa biror sabablarga ko‘ra umuman qamrab olinmagan. O‘ylaymanki, biz buni hal qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Linkyavichyus.

Uning aytishicha, O‘zbekiston va Litva iqtisodiy va gumanitar sohalarda “haqiqatan katta salohiyatga” ega.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid