00:38 / 08.05.2018
5303

Tramp Al-Qudsdagi AQSh elchixonasi ochilishiga bormaydigan bo‘ldi

Foto: AP /Manuel Balce Ceneta

Al-Qudsdagi AQSh elchixonasi ochilishiga boradigan delegatsiya tarkibi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, prezident Donald Tramp Al-Qudsga bormaydi. Oq uy shu mazmunda bayonot berdi.

Isroilga yo‘l oladigan delegatsiyaga AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sallivan boshchilik qiladigan bo‘ldi. 14 may kuni Al-Qudsda AQSh elchixonasi ochilishi kutilmoqda.

"Prezident Donald Tramp bugun 2018 yilning 14 may kuni Al-Qudsda ochiladigan Qo‘shma Shtatlar elchixonasi ochilishida ishtirok etish uchun prezident delegatsiyasini yo‘llash haqida e'lon qildi. Delegatsiyaga davlat bosh kotibi o‘rinbosari Jon Sallivan boshchilik qiladi", - deyiladi hujjatda.

Bundan avval AQSh davlat rahbari Isroildagi diplomatik vakolatxona ochilishiga o‘zi ham borishi mumkinligini istisno qilmagandi. 

 

Top