Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kelishuvdan chiqmaymiz». Eron va Yevroittifoq rasmiy munosabatlar bildirishni boshladi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy amerikalik hamkasbi Donald Trampning yadro kelishuvdan chiqish to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Ruhoniy telemurojaat orqali millatga yuzlanib, hukumat har qanday holda ham dasturdan og‘ishmay ish olib borishini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, Eron Vashington ishtirokisiz «beshlik mediator davlatlar» bilan ishlashga tayyor.
Reuters agentligining yozishicha, davlat rahbari mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga shu kunlarda Xitoy, Rossiya va Yevropa bilan muzokaralar o‘tkazish topshirig‘ini bildirgan.
«Eron so‘zida turgan, AQSh esa har doimgidek buni eplay olmadi. Biz bugun tarixiy tajribani boshdan kechirdik», deydi Eron prezidenti.
Yevropa tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini ham bir vaqtning o‘zida bayonot bilan chiqish qildi.
«YeI o‘z manfaatlaridan kelib chiqib qaror qiladi. Shuningdek, biz xavfsizlik va iqtisodiy qiziqishlarimizni ham unutmaymiz», deydi u.
Mogerini xonim Samarqand shahrida o‘tgan xalqaro konferensiyada ham Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, bulardan avval AQSh prezidenti Donald Tramp yuqorida qayd etilgan kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026