Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noreal qarzdorlik qachongacha davom etadi?
Andijon shahar Navoiy shoh ko‘chasida yashovchi fuqaro R. Xo‘jamberdiyev O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni muntazam amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa-da, elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 3 200 000 so‘m qarzdorlik hisoblashganini aytib murojaat qildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida ma'lum qilinishicha, mazkur holat Andijon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Ya'ni murojaatchining abonent kartasi harakat jadvaliga solishtirildi. Natijada hisoblagich ko‘rsatkichi bo‘yicha 2018 yilning fevral oyiga qadar iste'molchi 600 000 so‘m haqdor bo‘lib chiqdi.
Aniqlanishicha, nazoratchilar tomonidan 2017 yilda ko‘rsatkichlarni kiritish vaqtida xatolikka yo‘l qo‘yilgani sababli ortiqcha 3 200 000 so‘m noreal qarzdorlik kelib chiqqan.
Shundan so‘ng shahar majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan ushbu xonadonning noreal qarzdorligini aniqlash maqsadida qayta xatlov o‘tkazildi. Unga ko‘ra, fuqaro R. Xo‘jamberdiyev xonadonidagi hisoblagich uskunasi ko‘rsatkichi bo‘yicha 600 000 so‘m haqdorligi aniqlanib, iste'molchi foydasiga hal qilingan.
Mavzuga oid
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026