Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jalolobodda O‘zbekiston-Qirg‘iziston ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2018 yilning 2-8 may kunlari Jalolobod shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralarda davlatlararo chegaraning qolgan uchastkalarni tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirildi.
Ikki mamlakat chegara hududlari aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ham ko‘rib chiqdilar.
Qayd etilishicha, uchrashuv konstruktiv ruhda va o‘zaro tushunish muhitida o‘tgan.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
15:28 / 28.05.2026