2018 yilning 2-8 may kunlari Jalolobod şahrida Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi hukumat delegatsiyalari işçi guruhlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralarda davlatlararo çegaraning qolgan uçastkalarni tavsiflaş böyiça iş davom ettirildi.
Ikki mamlakat çegara hududlari aholisi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida tomonlar yangi çegara ötkaziş punktlarini oçiş masalasini ham körib çiqdilar.
Qayd etilişiça, uçraşuv konstruktiv ruhda va özaro tuşuniş muhitida ötgan.











