Jamiyat | 14:03 / 10.05.2018
5542
4 daqiqa o‘qiladi

“Halol turizm” bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganiladi

Toshkentdagi “Radisson Blu Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Ortadogu Grup” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Halol turizm  yo‘nalishida tajriba almashinuvi, hamkorlik va istiqbolli harakat mavzu”sida o‘tkazilgan anjumanda “Halol turizm” haqida so‘z bordi. 

O‘zbekistonga shu kecha kunduzda kirib kelayotgan “halol” yorliqli oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga qiziqish kun sayin ortib bormoqda. Yaqin-yaqindan mintaqada turizm sohasida ham “Halol turizm” atamasi qo‘llanila boshladi. “Halol turizm” – bu oilaviy hordiq chiqarish, hamyonbop turar joylarda tunab, sifatli, ozoda ovqatlanish shoxobchalarida taomlanish. Kamchiqimlikni xush ko‘ruvchi va isrofdan o‘zini tiyadigan kishilar uchun yaratilgan xizmatdir. 

Foto: Ortadogu Grup

2017 yilda “Halol turizm” bo‘yicha “Crescent Rating” tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingda O‘zbekiston 28-pog‘onani egallagan. Birinchi o‘ntalikdan esa Malayziya, Indoneziya, Marokash va Turkiya mamlakatlari o‘rin olgan. 

Ham tarixiy, ham til va madaniyat jihatidan O‘zbekistonga eng yaqin mamlakat Turkiyadir. Shu bois yiliga minglab o‘zbekistonlik sayyohlar bu ko‘hna mamlakatga safar uyushtiradilar. Turkiyada turizm mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda ancha rivojlangan, ayniqsa, “halol turizm”.

Foto: Ortadogu Grup

40 yildan buyon nafaqat Turkiya, balki dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirib kelayotgan “Ortadogu Grup” kompaniyasi  “Halol turizm” standartlariga to‘la javob beradigan “Wome Deluxe” oilaviy mehmonxonasi va “Nisantasi” shifoxonasi xizmatlari bilan tilga tushgan. 

Foto: Ortadogu Grup

Antaliya shahrida joylashgan Wome Deluxe” mehmonxonasi 2015 yilda bunyod etilgan bo‘lib, Turkiyada “halol turizm” standartlariga javob beruvchi birinchi mehmonxona sifatida e'tirof etilgan. Mehmonxona birgina 2017 yilning 365 kuni davomida tanaffussiz 255 ming kishiga xizmat ko‘rsatgan.

Unda erkaklar va ayollar uchun alohida hovuzlar, oilaviy hordiq chiqarish obektlari, bolalar uchun o‘yingohlar, mavjud va bu amaliyotni O‘zbekistonda qo‘llash mamlakat turizmi uchun katta foyda keltiradi. 

– Prezidentlar Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida kuni kecha o‘tkazilgan uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochdi. Qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamladi. O‘zbekistonliklar Turkiya shaharlari Istanbul, Antaliya va Bodrumni qanchalik yaxshi ko‘rsalar, Turkiyada ham Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlaringizni sevuvchilar millionlab topiladi. Biz O‘zbekistonni ota yurtimiz deb bilamiz va uning turizm sohasida ham rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shish istagimiz bor. Shu bois O‘zbekistonga shunchaki yig‘ilish o‘tkazgani emas, balki o‘z amaliyotimizni tanishtirgani, tajriba almashgani keldik, – deydi “Ortadogu Grup” kompaniyasi vakili Masud Menderes Karabog‘a.

Foto: Ortadogu Grup

“Radisson Blu Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ham Turkiya, xususan, “halol turizm” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan “Wome Deluxe” oilaviy mehmonxonasi va “Nisantasi” shifoxonasining faoliyati o‘rnak sifatida ko‘rsatilib, O‘zbekistonlik turoperatorlar va turizm sohasi mutaxassislariga bu borada kerakli maslahatlar, tavsiyalar berildi.

Foto: Ortadogu Grup
Foto: Ortadogu Grup
Foto: Ortadogu Grup

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid