Jahon | 23:45 / 10.05.2018
5453
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu dunyoni Suriyadan Eronni “siqib chiqarishga” chorladi

Foto: REUTERS / Amir Cohen

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Suriyaga kechki vaqt berilayotgan zarbalarga ilk bor izoh berdi hamda Eron kuchlarining u yerda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berdi va jahon hamjamiyatini bu masalani birgalikda hal qilishga chorladi.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, isroillik harbiylar Golan tepaliklaridagi pozitsiyalarining raketa zarbasiga uchrashiga javoban Eronning Suriyadagi o‘nlab obektlariga hujum qilganlar.    

“Eron qizil chiziqni bosib o‘tdi. Bizning javob shunga monand bo‘ldi. Isroil mudofaa armiyasi Eronning Suriyadagi pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujumni amalga oshirdi”, deb aytgan Netanyaxu.

Netanxuning aytishicha, birorta raketa Isroil hududiga tushmagan.

“Biz uzoq davom etayotgan kampaniyani olib bormoqdamiz va bizning siyosat ravshan: Eronga Suriyada harbiy borada o‘rnashib olishga ijozat bermaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Netanxu.

Netanxuning ta'kidlashicha, Isroil o‘z hududiga berilgan zarbalarga javob berishni davom ettiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid