Putin: Nazarboyev o‘z atrofiga kuchli shaxslarni to‘plashdan qo‘rqmaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev faol va iste'dodli yetakchi ekanini aytib, uning o‘z atrofida samarali, yosh va kuchli mutaxassislar yig‘a olish qobiliyatini ta'kidlab o‘tdi.
«Shubhasiz, Nursulton Abishevichda meni xursand qilgan va hayratga solgan narsa shuki, u SSSR davridayoq yuksak mavqega erishganiga qaramay, doimo kelajakka intilgan odamdir. Bu ajoyib sifat», - dedi Putin Qozog‘iston prezidenti teleradiokompleksiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, Nazarboyev o‘z atrofiga kuchli odamlarni to‘plashdan qo‘rqmaydi. «Birinchidan, u o‘z atrofiga juda samarali va yosh odamlarni to‘play oladi, hamda hech qachon kuchli odamlarni o‘ziga yaqinlashtirishdan qo‘rqmaydi. Bu istalgan kuchli rahbarning o‘ziga xos xususiyati», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, Nazarboyevni faol va iqtidorli rahbar deb atagan.
Mavzuga oid
21:41 / 09.10.2024
So‘nggi 5 yil ichida ilk bor Shimoliy Orolga suv quyish rejasi bajarildi
20:43 / 09.10.2024
Qozog‘iston o‘z fuqarolarini AQSh Florida va Jorjiya shtatlarini tark etishga chaqirdi
15:10 / 09.10.2024
BRICS mamlakatlari rahbarlari Putinni yana tug‘ilgan kuni bilan tabriklamadi
09:30 / 09.10.2024