Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» xususiylashtirilishi mumkin, ammo hukumat oltin va neft ustidan nazoratni saqlab qoladi
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
O‘zbekiston «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning xususiylashtirilishiga tayyor, ammo oltin konlari va neft qazib olish ustidan nazoratni saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Sardor Sa'dullayevga asosan xabar tarqatgan.
«Biz davlat nazorati ostida ushlab turilishi zarur bo‘lgan asosiy soha sifatida, asosan, oltin qazib olish va asosiy neft shirkatimizni ko‘rmoqdamiz», - degan Sa'dullayev YeTTBning Iordaniyada bo‘lib o‘tayotgan har yillik yig‘ilishida. Spot'ning yozishicha, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z aviabozorini, jumladan, MAKni xususiylashtirish hisobidan ochishga tayyor.
«Bizda bitta monopol aviakompaniya bor - «O‘zbekiston havo yo‘llari», biroq Jahon banki bilan sohani isloh etish, aviakompaniya tegilishi lozim bo‘lmagan kompaniyalar ro‘yxatidan chiqishi uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdamiz», - dedi Sa'dullayev.
«Energetika sohasi haqida ham o‘ylamoqdamiz, ammo bizning fikrcha, DXSh (davlat-xususiy sherikchilik) modelini to‘g‘ri, deb hisoblaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Sa'dullayev. U davlat mulkiga egalik qilish huquqi emas, balki aksiyalar sotilishini nazarda tutgan.
O‘z navbatida, MAK vakillari bu xabarga izoh berishdan bosh tortdi. Shirkat matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, bu boradagi tegishli xabar aviakompaniya rasmiy saytida e'lon qilinadi. Biroq, bu aynan qachon yuz berishi aytilmadi.
Mavzuga oid
09:20
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
19:19 / 04.12.2025
O‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
07:28 / 02.12.2025
Dunyodagi butun oltin zaxirasi bitta infografikada
10:56 / 01.12.2025