Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:24 / 11.05.2018
17903
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Foto: Reuters
AQSh moliya vazirligi Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Sanktsiyalar ro‘yxatiga 6 jismoniy shaxs va 3 kompaniya tushgan.
8 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e'lon qildi. Tramp Vashington Eronga qarshi eng yuqori darajadagi sanksiyalarni kiritmoqchiligini va Eron yadroviy qurolni yaratish dasturini joriy qilsa, unda uni jiddiy oqibatlar kutayotganini aytgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish