Jahon | 15:13 / 11.05.2018
9346
1 daqiqa o‘qiladi

YeOIIning Sochidagi sammitiga Armanistondan kim borishi ma'lum bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Armaniston hukumatining qaroriga ko‘ra, Sochida bo‘lib o‘tadigan YeOII sammitiga prezident Armen Sarkisyan emas, balki bosh vazir Nikol Pashinyan boradi. Bu haqda TASS Armaniston hukumati yig‘ilishiga asosan xabar bermoqda.

Armanistonning YeOII sammitidagi ishtiroki bo‘yicha ma'ruzachiga Armaniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Edvard Nalbandyan aylandi.

Avvalroq, Pashinyan 14 may kungi sammitda RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, Armaniston-Rossiya ittifoqchilik munosabatlari rivojini muhokama etish niyatidaligini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pashinyan Turkiya bilan munosabatlar haqida gapirgandi.

Mavzuga oid