Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Trampning neft bozoridagi ikkiyoqlama o‘yini haqida ma'lum qildi
Foto: TASS / Zuma
Eron neft vaziri Bijon Zangoniyning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp neft bozorida ikkiyoqlama o‘yin olib bormoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.
«Prezident Tramp neft bozorida ikkiyoqlama o‘yin olib bormoqda. OPeKning ba'zi a'zolari AQShning nog‘orasiga o‘ynayapti. AQSh slanets neftini qazib olish hajmini oshirishga urinmoqda. Tramp, bir tomondan, neftga yuqori narxlarni qo‘llab-quvvatlamoqda va OPeK ittifoqchilari bilan kelishuvga erishdi. Biroq, boshqa tomondan, u davlat darajasida OPeKni benzinga baland narxlarda ayblamoqda», - deya aytib o‘tdi Zangoniy.
Uning qayd etishicha, OPeK qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishi lozim. Vazirning ta'kidlashicha, OPeK uzoq muddatli istiqbolda neftga bir barrel uchun 60-65 dollarlik narxdan manfaatdordir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bank of America neft narxi keskin ko‘tarilib ketishini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
22:50 / 16.03.2026
Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish shartlari ma’lum bo‘ldi
22:22 / 16.03.2026
Tramp Eron bilan urushning dastlabki natijalari haqida hisobot berdi
19:15 / 16.03.2026
Eronning yangi rahbari Moskvada davolanayotgan bo‘lishi mumkin
18:58 / 16.03.2026