Brent neftining narxi bir barrel uçun 100 dollarga qaytişi mumkin, deya xabar bermoqda RBK Bank of America Merill Lynch hisobotiga asosan. Tahlilçilarning fikriga köra, taklif va talab muvozanatidagi özgarişi kelgusi 18 oy davomida jahon bozorida neft tanqisligiga olib kelişi mumkin.

2018 yilda neft tanqisligi sutkasi 630 ming barrel va 2019 yilda sutkasiga 300 ming barrelni taşkil etişi mumkin. Bu Venesuela neft sanoatidagi keng kölamli muammolar, Rossiya bilan OPEK örtasida qazib olişni kamaytiriş töğrisidagi kelişuvlar va Erondan eksport hajmi kamayişi tufayli yuz berişi ehtimolga yaqin. Bunday şaroitda BofAML 2019 yilning ikkinçi çoragida Brent neftining bir barreli 90 dollarga çiqişini prognoz qilmoqda, şuningdek uning 1 barrel uçun 100 dollargaça kötariliş xavfini ham körmoqda.

Şu tariqa, BofAML kotirovkalar 100 dollarlik körsatkiçga qaytişini taxmin qilgan birinçi investitsion bankka aylandi, deb ta'kidlamoqda Bloomberg. Merril Lynch prognoziga köra, Brent’ning 2018 yilda örtaça narxi 70 dollarni, 2019 yilda esa – 1 barrel uçun 75 dollarni taşkil qiladi.