Jahon | 00:15 / 11.05.2018
8678
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQSh tovarlarining bojxonadan o‘tish jarayonini "sekinlashtirdi"

Amerika tovarlari Xitoy bojxonasidan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. The Wall Street Journal'ning AQShdagi savdo assotsiatsiyalari vakillariga asoslanib xabar berishicha, bojxona xodimlari Kaliforniyadan kelgan apelsin, limon va olchalar partiyalari, shuningdek AQShning boshqa hududidan keltirilgan olmalarni odatdagidan uzoq ko‘zdan kechirishmoqda. Amerikalik rasmiylarning ma'lum qilishicha, AQShdan keltirilgan cho‘chqa go‘shti ham odatdagidan uzoq tekshirilmoqda. 

Avvallari olcha bir necha soat ichida, apelsin va limonlar 1-2 kunda bojxona karantinidan o‘tar edi, endi esa bu jarayonlar 5-7 kunni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, manbada ta'kidlanishicha, Ford avtomobillari ham "noodatiy ravishda qat'iy teshiruvlardan" o‘tmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo urushi bilan bog‘lanmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid