Sport | 11:27 / 11.05.2018
12413
2 daqiqa o‘qiladi

Kapadze nafaqaga chiqdi

Farg‘ona futboli rivojiga uzoq yillar davomida katta hissa qo‘shib kelgan, viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Tohir Kapadze nafaqaga chiqdi, deb xabar beradi O‘FA sayti.

Foto: O‘FA

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida mutaxassisni nafaqaga kuzatish marosimi o‘tkazildi.

O‘FA rahbariyati Tohir Veysalovich Kapadzega futbol sohasidagi uzoq yillik samarali faoliyati va fidoiy mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma taqdim etdi.

Shuningdek, milliy an'analarimizga muvofiq Tohir Kapadzega zarbof to‘n kiydirildi. Bundan tashqari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Foto: O‘FA

O‘z o‘rnida Tohir Kapadze ko‘rsatilgan e'tibor uchun O‘FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirar ekan, endi davr yoshlarniki ekanini, ularga futbol rivoji uchun amalga oshirayotgan chora-tadbirlari davomida maslahatgo‘y bo‘lishga tayyorligini ma'lum qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid