Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadejda Savchenko advokatlar xizmatidan bosh tortdi
Ukraina Oliy radasi deputati, Rada binosida terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanayotgan Nadejda Savchenko himoyachilar xizmatidan bosh tortdi. Bu haqda RIA «Novosti» advokat Oleg Soloveyga asosan xabar qilmoqda.
«U bugun men va Dmitriy Bugay (Savchenko ishidagi yana bir himoyachi – tah.) oldida barcha advokatlardan bosh tortishi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi», - deya aytib o‘tgan Solovey.
Nadejda Savchenkoning singlisi Vera bergan xabarga ko‘ra, Oliy rada deputati 50 kundan beri ochlik e'lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina sharqida rossiyalik 10 ming askar borligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026