Jahon | 09:33 / 11.05.2018
5012
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Avstraliyada «ommaviy fojia» tufayli yetti kishi halok bo‘ldi

Foto: NICOLETTE LEFEBVRE

G‘arbiy Avstraliyada politsiyachilar yetti jasadni, jumladan to‘rt bolaning o‘ligini topishdi. Bu haqda Tweed Daily News yozmoqda.

Jasadlar Osmington aholi punktida topilgan.
 
Mahalliy politsiya komissari Kris Dousonning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning besh nafari uylardan birining ichidan, yana ikkisi – tashqaridan topilgan.

Dousonning xabar berishicha, ba'zi jasadlarda o‘q otar qurol tufayli yuz bergan jarohat izlari aniqlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ro‘y bergan hodisa dahshatli fojia sanaladi.

Politsiyachilar halok bo‘lganlarning qarindoshlarini qidirishmoqda. Ro‘y bergan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Қаҳрамон Асланов
Tayyorlagan Қаҳрамон Асланов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid