Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp IShIDning besh nafar yetakchisi qo‘lga olinganini e'lon qildi
Foto: AFP/Getty Images
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp IShID terrorchilik guruhining besh nafar yetakchisi muvaffaqiyatli tarzda qo‘lga olingani haqida tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
«IShIDning eng ko‘p qidiriluvchi besh yetakchisi qo‘lga olindi!», - deb yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Yuqori martabali jangarilar qo‘lga olingani to‘g‘risidagi ma'lumotni Iroq va Suriyadagi xalqaro koalitsiya vakili, polkovnik Rayan Dillan ham tasdiqladi. «Iroq Roundup amaliyoti vaqtida IShIDning besh nafar muhim yetakchisini tutdi. Bu bilan guruhga jiddiy zarba berildi. Shuningdek, bu Iroq xavfsizlik kuchlari va Suriya Demokratik kuchlari o‘rtasida guruhga qarshi kurashda yaqin muvofiqlik bor ekanini ko‘rsatadi», - deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq, The New York Times gazetasi Iroq razvedkasidagi manbalarga asosan AQSh va Iroq harbiylari IShIDning besh nafar nufuzli qo‘mondonini qo‘lga olish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliyot o‘tkazganini xabar bergandi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, uch oylik amaliyotning maqsadi Suriya va Turkiyada yashiringan IShID a'zolari bo‘lgan.
Qo‘lga olingan IShID yetakchilari orasida to‘rt iroqlik va bir suriyalik bor. Ular Suriyadagi Dayr-az-Zor viloyatida IShID tomonidan nazorat qilinadigan hududlarni boshqarishda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25 / 27.12.2025