O‘zbekiston | 18:08 / 12.05.2018
13430
2 daqiqa o‘qiladi

Abdusalom Azizov AQSh generali Jozef Votell bilan uchrashdi

12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Amerika Qo‘shma Shtatlari qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni general Jozef Votell boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Caption

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, harbiy ta'lim va mudofaa sohalarida istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish borasida fikrlar almashildi.  

Suhbatda mamlakatlar o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik yo‘nalishlarida o‘sish sur'atlari ortib borayotgani alohida ta'kidlandi.

Caption

Ta'kidlash kerakki, harbiy ilm-fan markaziga aylangan O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida AQSh harbiy mutaxassislari tomonidan seminar-trening mashg‘ulotlari hamda soha bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ham ishtirok etdi. 

Caption
Caption

13 may kuni AQSh harbiy delegatsiyasi Samarqand shahrining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid