Jahon | 16:32 / 12.05.2018
9019
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Ukrainaga Donbass uchun pul ajratmoqda
AQShning Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentligi (USAID) Ukrainaga 125 mln dollar miqdorida transh ajratadi. Bu mablag‘lar Donbass va uning atrofidagi hududlar uchun sarflanadi. Bu haqda agentlikning feysbukdagi sahifasida joylashtirilgan bayonot matnida aytilgan.
«Bu qo‘shimcha yordam kelajakdagi barqarorlik va mintaqadagi ukrain hamjamiyatlarining birlashuviga yo‘naltirilgan. Shuningdek, mahalliy iqtisodiyot barqarorligi va uning rivojini tezlashtirish ham inobatga olingan», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat sharqida rossiyalik 10 ming askar borligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:50
YeI davlatlari Ukrainaga 35 mlrd yevro taqdim etishga kelishib oldi
21:50 / 09.10.2024
Amerikadagi dovul tufayli “Ramshtayn” formatidagi muzokaralar bekor qilindi
21:02 / 09.10.2024
Ukraina Bryansk oblastidagi qurol omboriga zarba berganini e’lon qildi
20:43 / 09.10.2024