Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda xitoylik milliarder 4 yilga qamaldi
Foto: REUTERS/Ashlee Espinal
Xitoylik milliarder Eng Lep Sen AQShda to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, bunga uning BMT ikki xodimini pora berib o‘z tomoniga og‘dirib olgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Tadbirkor 2015 yilda hibsga olingandi. Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, u BMTning ikki amaldoriga umumiy hisobda taxminan 1 mln dollar miqdorida pora bergan, bu ular Makaoda konferents-markaz qurilishiga yordam ko‘rsatishi uchun qilingan. Eng Xitoy maxsus tumanini «Osiyo Jyenevasi»ga aylantirmoqchi bo‘lgan, shuningdek, «mashhurlik va boylikka» erishmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Yakunda konferents-markaz qurilmadi. Prokurorlar milliarder uchun olti yil so‘rashdi, advokatlar tadbirkorni vataniga qaytarish haqida murojaat qilishdi. Manxetten sudi uni to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Mavzuga oid
08:25
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
14:27 / 26.12.2025
Zelenskiy: “Uitkoff va Kushner bilan juda yaxshi suhbat bo‘ldi”
14:09 / 26.12.2025