Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina prezidenti iqtisodiy inqiroz tufayli jahon chempionatiga bora olmaydi
Foto: EPA-EFE
Argentina prezidenti Maurisio Makri futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida Rossiyaga o‘z mamlakatidagi iqtisodiy inqiroz tufayli tashrif buyura olmaydi.
«Jahon chempionatiga borish kerak emas. Rossiyaga hozirgi sharoitda yo‘l olish yuz foizlik mag‘lubiyat bo‘ladi, shu bilan birga, yirik hisobdagi mag‘lubiyat», - deya davlat rahbariga yaqin bo‘lgan manba so‘zlarini keltiradi La Nación.
«U (prezident) aniq bormaydi. Bunday vaziyatda bu hattoki ko‘rib ham chiqilmayapti», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan nashr suhbatdoshi.
Ta'kidlanishicha, bu masala bo‘yicha rasmiy ma'lumot hozircha berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mintaqalarida JCh-2018 vaqtida kabob pishirish taqiqlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:24 / 08.12.2025
Xitoy dunyodagi eng uzoq aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
12:04 / 27.10.2025