Jahon | 18:50 / 14.05.2018
8093
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyaga yangi rahbar saylandi

Kataloniya jyeneralitatiga «Kataloniya uchun birgalikda» (Junts per Catalunya) guruhi nomzodi Joakim (Kim) Torra yangi rahbar etib saylandi. Bu haqda Europa Press xabar bergan.

Uning nomzodi 66 deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, 65 nafari qarshi chiqqan. Yana 4 nafar deputat betaraf qolgan.

Qayd etilishicha, muxtoriyatning va partiyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon bu jarayonni Berlindan turib kuzatib borgan.

Foto: Twitter

O‘tgan yilning 27 oktabr kuni Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Puchdemonni Kataloniya jyeneralitati rahbarligi lavozimidan chetlatgandi. Shundan so‘ng, rasmiy Madrid Konstitutsiyaning 155-moddasini, qaysiki muxtoriyatning o‘z-o‘zini boshqarish vakolatlarini cheklovchi moddani amalga kiritgandi.

Mavzuga oid