Jamiyat | 10:35 / 14.05.2018
62728
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Andijon shahri ko‘chalarida kuzatuv kameralari

Shu yilning 1 iyunidan boshlab Andijon shahridagi 7ta shohko‘chada transportni kuzatuvchi kameralar ishga tushadi. Bu haqda KUN.UZ nashriga Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 29 avgustdagi qarori bilan «Xavfsiz shahar» majmuasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgandi.

Mazkur dastur bo‘yicha joriy yilning 1 iyunidan boshlab Andijon shahridagi 7ta - Mashrab-Lermontov, Bobur-Amir Temur shohko‘chalari, Navoiy shohko‘chasi-Milliy tiklanish, O‘zbekiston-Fitrat, O‘zbekiston-Bobur shohko‘chasi, Bobur shohko‘chasi-Yu.Otabekov, Cho‘lpon shohko‘chasi Mustaqillik ko‘chalari kesishgan chorrahalarida yo‘l transporti hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash hamda transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni qayd etish maqsadida jami 82ta kuzatuv kameralari ishga tushiriladi.

Mazkur kuzatuv kameralari joriy yilning 1 may kunidan boshlab sinov tariqasida ishlamoqda. Qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kuzatuv kameralari ishga tushgandan so‘ng sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalar 60 kun mobaynida transport vositalarining egalari tomonidan to‘lanishi belgilangan. Barcha jarima to‘lovlari jarima solish to‘g‘risidagi qarorning yuqori qismida ko‘rsatilgan tartib raqami asosida amalga oshiriladi. 

To‘lovlarni Payme, Slik, MBANK elektron to‘lov xizmatlari xamda barcha banklar orqali to‘lash mumkin. Belgilangan muddatda to‘lanmagan jarimalarga nisbatan undiruv MIB tomonidan transport vositasi egasining mol-mulkiga qaratiladi.  

O‘z vaqtida to‘lanmagan jarima transport vositasi egalarining qo‘shimcha miqdorda jarima to‘lashlariga sabab bo‘ladi.

Mavzuga oid