Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Yaponiya KXDRning quroli butunlay yo‘q qilinishiga erishish niyatida
AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning yadro hamda raketa quroli butunlay yo‘q qilinishiga erishish niyatida. Bu haqda «Kiodo» Yaponiya TIV hisobotiga asosan xabar berdi.
«Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya tomonidan ommaviy qirg‘in qurolini yo‘q qilish rejasini amalga oshirish maqsadida o‘z siyosatini yanada muvofiqlashtirib boradi. Shuningdek, bunda turli masofalardagi ballistik raketalar ham nazarda tutilgan», - deyiladi hujjatda.
Idoradan ta'kidlashlaricha, Tokio va Pxenyanning o‘zaro munosabatlari faqat Shimoliy Koreya razvedkasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yapon fuqarolari qaytarilsagina iliqlashishi mumkin.
Yaponiya TIVdan qayd etishlaricha, KXDRning harbiy arsenali «tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid» sifatida baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Janubiy Koreyaga taklif bilan chiqqani, u qabul qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026