Sport | 14:23 / 15.05.2018
17739
1 daqiqa o‘qiladi

Messi - Yevropaning eng samarali futbolchisi, Ronaldu 16-o‘rinda

Foto: David Ramos/Getty Images

CIES Football Observatory statistika kompaniyasi Yevropaning kuchli 5ta ligasi futbolchilari o‘yinining samaradorligi va sifati bo‘yicha reytingni e'lon qildi.

Unga kamida 20ta o‘yin (1800 daqiqa) o‘tkazgan futbolchilar kirdi. Germaniya chempionati uchun pastroq marra - 16ta o‘yin (1440 daqiqa) belgilandi. Natijada jarohati tufayli 1797 daqiqa o‘ynagan «PSJ» hujumchisi Neymar bu reytingga kirmay qoldi.

Yevropaning eng samarali futbolchilari ro‘yxatini «Barselona» hujumchisi Lionel Messi boshqarmoqda - 92,12 ball. Uning izidan «Manchester Siti» yarimhimoyachisi David Silva boryapti - 91,69. Kuchli uchlikni «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala yakunlab bergan - 91,37 ball.

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 16-o‘rinni egallagan - 88,58 ball.

Mavzuga oid