Jahon | 01:51 / 15.05.2018
7606
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu  Isroil armiyasining G‘azodagi harakatlarini oqladi

Foto: Baz Ratner/Pool Photo via AP

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tvitterda G‘azo sektorida falastinliklar namoyishlarini tarqatish davlat chegarasini himoyalash bo‘yicha chora hisoblanishini aytdi.
 
“Har bir davlat chegaralarini himoya qilishga majbur. XAMAS terrorchilik tashkiloti Isroilni yo‘q qilmoqchiligini va chegaradagi devordan o‘tish uchun minglab odamlarni o‘ldirmoqchiligini aytadi. Biz suverenitetimiz va fuqarolarimizni himoya qilish uchun qat'iy harakat qilishni davom ettiramiz”, deb yozgan Isroil bosh vaziri. 

Isroil tashkil topganining 70 yilligi va bu yubileyga bag‘ishlab AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi sababli G‘azoda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Isroillik askarlar namoyishchilarni o‘qqa tutmoqda. Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 52 kishini tashkil qilmoqda. Yana 2,4 mingdan ko‘proq odam jarohat olgan.

Mavzuga oid