Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharl Aznavur O‘zbekistonga safarini bekor qildi
O‘tgan dam olish kunlari 93 yoshli Sharl Aznavur Fransiya janubidagi o‘z uyida yiqilib tushib, chap qo‘lidan jarohat oldi. Ayni paytda unga gips qo‘yilgan, uni Aznavur may oyi oxiriga qadar taqib yurishi kerak, deb xabar bermoqda OAV.
Fransiyalik eng keksa shansonchining jarohati tufayli Yaponiya va O‘zbekistonda may oyiga rejalashtirilgan chiqishlar noma'lum muddatga qoldirildi.
Aznavurning atrofidagilari fikricha, u konsert faoliyatini boshlaydi va 5 iyunda Monakodan katta turnega start beradi, keyinchalik u Fransiya janubidagi «Aluna» festivali, Italiya, London, Ispaniyada davom etadi. Shuningdek, Germaniya, Xorvatiya, AQSh, Avstraliya, Kiyev va Bryusselda ham konsertlar berilib, yakunda Fransiyaning beshta shahrida tugaydi.
Mavzuga oid
10:27
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026