Jahon | 11:00 / 16.05.2018
3945
1 daqiqa o‘qiladi

FQB Cambridge Analytica faoliyatini tekshirmoqda

Foto: Getty Images

AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruvlar byurosi (FQB) Cambridge Analytica kompaniyasi faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, mahkama vakillari kompaniya va u bilan aloqador bo‘lgan banklarning sobiq xodimlarini so‘roq qilyapti.

Mamlakat Adliya vazirligi va FQB ushbu holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermadi.

Avvalroq, Britaniyaning Cambridge Analytica tahlil kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘n millionlab foydalanuvchilari ma'lumotini noqonuniy ravishda olgani ma'lum bo‘lgani tufayli o‘z ishini to‘xtatayotgani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Cambridge Analytica’ga ma'lumotlarni taqdim etgan Global Science Research firmasi asoschilaridan biri Aleksandr Kogan bunday amaliyot oddiy narsa sifatida ko‘rilgani haqida ma'lum qilgan edi. 

Mavzuga oid