AQŞ Adliya vazirligi va Federal qidiruvlar byurosi (FQB) Cambridge Analytica kompaniyasi faoliyatini tekşiruvdan ötkazmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Aniqlik kiritilişiça, mahkama vakillari kompaniya va u bilan aloqador bölgan banklarning sobiq xodimlarini söroq qilyapti.
Mamlakat Adliya vazirligi va FQB uşbu holat yuzasidan hozirça rasmiy izoh bermadi.
Avvalroq, Britaniyaning Cambridge Analytica tahlil kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmoğining ön millionlab foydalanuvçilari ma'lumotini noqonuniy ravişda olgani ma'lum bölgani tufayli öz işini töxtatayotgani aytilgandi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Cambridge Analytica’ga ma'lumotlarni taqdim etgan Global Science Research firmasi asosçilaridan biri Aleksandr Kogan bunday amaliyot oddiy narsa sifatida körilgani haqida ma'lum qilgan edi.












