O‘zbekiston | 14:28 / 16.05.2018
7245
1 daqiqa o‘qiladi

MAK Urganchga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi  

Foto: MAK axborot xizmati

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 18 va 25 may kunlari Toshkent – Urganch - Toshkent yo‘nalishlarida qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Parvozlar zamonaviy, qulay havo laynerlarida quyidagi jadval bo‘yicha mahalliy vaqt bilan amalga oshiriladi:

18 may:
HY-011 Toshkent 07:00 - Urganch 08:40
HY-011 Urganch 09:20 - Nukus 10:00
HY-012 Nukus 10:40 - Toshkent 12:15

25 may:
HY-051 Toshkent 08:00 - Urganch 09:40
HY-052 Urganch 10:20 - Toshkent 11:50

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MAK «Umra. Yoz-2018» mavsumini 31 maydan boshlashi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid