«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 31 maydan Saudiya Arabistoniga ziyoratçilarni taşiş böyiça qatnovlarni amalga oşira boşlaydi.

Joriy yilning17 iyuniga qadar davom etadigan uşbu dastur doirasida Toşkent-Jidda-Toşkent yönalişida jami 14ta qatnov amalga bajarilişi rejalaştirilgan. «Kiçik haj»ni amalga oşirişni istagan 1546 nafar yurtdoşlarimiz Milliy aviakompaniyaning Boeing 767 samolyotlaridan belgilangan manzilga yetib olişda foydalanadilar.

Qayd etilişiça, uşbu dasturni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun aviakompaniya mutaxassislari ziyoratçilarga qulay şart-şaroit yaratiş va yuqori darajadagi servis xizmatlarini körsatiş uçun bor imkoniyatlarini işga solişadi.