Sport | 01:45 / 16.05.2018
10876
1 daqiqa o‘qiladi

Messi terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Foto: Reuters

Argentina terma jamoasi hamda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi o‘zining terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi. 

"Argentina terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘lmasa ham, baribir uning safida to‘p suraveraman. 2016 yilda terma jamoadan ketishim haqida e'lon qilganimdan keyin, katta xato qilganimni darhol tushunganman. Doimo o‘z orzularing uchun kurashni davom ettirish kerak. 

Kuchli "to‘rtlik"ka kirsak, bu Argentinaning musobaqada yaxshi ishtirok etganini anglatadi. Biz o‘z tariximiz sababli u yerda bo‘lishga haqlimiz. Bu katta kuch va mehnatni talab qiladi, biroq biz "to‘rtlik"ka kirishga majburmiz", – dedi Messi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid