Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Al-Quds bo‘yicha pozitsiyasi ma'lum qilindi
Rossiyaning Al-Quds maqomi bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoladi, deya ma'lum qildi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar ikki mustaqil davlat – Falastin va Isroilning poytaxtiga aylanishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Shuni tasdiqlashni xohlaymizki, Rossiyaning Al-Quds bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoladi. Shahar ikki mustaqil davlat – Falastin hamda Isroilning poytaxti bo‘lishi – hamda barcha uchta monoteistik dindagilar uchun ochiq qolishi lozim», - deya aytib o‘tdi Zaxarova brifingda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arab davlatlari ligasi Al-Quds bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026