Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhiga rahbar tayinlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Feruz Farhodovich Karimov Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar Feruz Karimov Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.
Feruz Karimov 1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent islom universitetini tamomlagan. 2008-2009 yillarda Oliy Majlis Senati devonining moddiy-texnika ta'minot bo‘limi texnigi, 2011 - 2017 yillarda - Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:24 / 30.03.2026
1 apreldan Toshkentda yangi sanoat zonalarini tashkil etishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026