Bunga qadar Feruz Karimov Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan. 

Feruz Karimov 1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent islom universitetini tamomlagan. 2008-2009 yillarda Oliy Majlis Senati devonining moddiy-texnika ta'minot bo‘limi texnigi, 2011 - 2017 yillarda - Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimlarida ishlagan. 
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingandi.