Toşkent şahar hokimligida Özbekiston Respublikasi boş vaziri boşçiligida yiğilişi bölib ötdi. Uşbu yiğilişda Qahramon Tursunoviç Oripov Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Bunga qadar Qahramon Oripov Özbekiston Respublikasi maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari lavozimida işlagan.
Q.Oripov 1968 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1995 yilda Toşkent Moliya Institutini tamomlagan.
Qahramon Oripov 2007-2016 yillarda «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki boşqaruvi raisi, 2017-2018 yillarda esa Özbekiston Respublikasi maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari lavozimlarida işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölib işlab kelgan Nozim Husanov Sergeli tumaniga hokim etib tayinlangandi.

















