O‘zbekiston | 13:38 / 16.05.2018
5487
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi Kuala-Lumpurga jo‘nab ketdi

Ravshan Usmonov Foto: ouzbekistan.fr

2018 yilning 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov Toshkentdan Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

R.Usmonov ilgari Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Fransiya Respublikasida favqulodda va muxtor elchi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Italiya Respublikasida va Portugaliya Respublikasida favqulodda va muxtor elchi lavozimida ishlagan.

Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi R.Usmonov ilgari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid