O‘zbekiston | 09:36 / 17.05.2018
7769
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Toshkentda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, Issiqsuv ko‘chasida harakat cheklanadi

Bugun, 17 may kuni Toshkent shahrida amaliy taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan tadbir tufayli Yashnobod tumani, Issiqsuv ko‘chasida soat 09:00 dan 13:00 gacha avtotransportlar harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi ba'zi ko‘chalarda avtotransport harakati bir tomonlama cheklanishi xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid