01:55 / 17.05.2018
19128

"Atletiko" uchinchi bor Yevropa Ligasini qo‘lga kiritdi

Foto: Twitter/EuropaLeague

2017/18 yilgi Yevropa Ligasining final o‘yini o‘tkazildi. 

"Stad de Lion" o‘yingohida kechgan o‘yinda "Atletiko Madrid" "Marsel" bilan kuch sinashdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.

O‘yinning 21-daqiqasida Grizmann hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 49-daqiqada yana fransiyalik futbolchining o‘zi dublini nishonladi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida Gabi kiritgan gol madridliklarning yirik g‘alabasini ta'minladi. 

Yevropa Ligasi. Final

Marsel Fransiya – Atletiko Ispaniya 0:3 

Gollar: 0:1 – 21 Grizmann, 0:2 – 49 Grizmann, 0:3 – 89 Gabi.
Marsel – Mandanda, Sarr, Rami, Amavi, Payyet (Lopes, 32), Luis Gustavo, Okampos (N`Ji, 55), Zambo-Angissa, Toven, Sanson, Jyermen (Mitroglu, 74).
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko (Xuanfran, 46), Godin, Koke, Gabi, Saul, Korrea (Parti, 88), Diyego Kosta, Grizmann (Torres, 90).
Ogohlantirishlar: Vrsalko (23), Amavi (38), Luis Gustavo (75), N`Ji (78), Lyuka Ernandes (78).

Top