Jahon | 16:29 / 17.05.2018
10033
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi eng yirik metallurgiya kombinati ishi to‘xtab qoldi

Foto: ITAR-TASS/ Aleksandr Ryumin

Ukrainada «ArselorMittal Krivoy Rog» eng yirik metallurgiya kombinati o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqda «Ukraina mustaqil kasaba uyushmalari konfederatsiyasi» xabar qilgan.

Bunga ishchilarning ish tashlashi sabab bo‘lgani aytilyapti.

«Ishchilar nosoz texnikada ishlashdan bosh tortishdi, hamda bu butun korxonaning ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi, chunki bironta lokomotiv o‘z joyidan qo‘zg‘almadi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, kombinat xodimlari rahbariyatdan korxonada xavfsiz ish sharoitlarini talab qilishmoqda. Korxonada ishlovchi birlamchi kasaba uyushma tashkilotlari qo‘shma yig‘ilish o‘tkazadi va keyingi harakatlar rejasini ishlab chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid