Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh Liviyada yuz bergan ishlarni KXDR bilan takrorlashni istamaydi
Amerika Qo‘shma Shtatlari bir necha yillar avval Liviyada Muammar Qazzofiy bilan yuz bergani kabi Shimoliy Koreyada hukumatni ag‘darish niyatida emas. Bu haqda NATO Bosh kotibi bilan Vashingtonda uchrashgan AQSh prezidenti Donald Tramp bayonot bergan.
"Liviya modeli - Shimoliy Koreya haqida mulohaza qilganimizdan farq qiladi. U yerda Qazzofini hukumatda qolishi bo‘yicha muzokara bo‘lmagandi", deydi AQSh yetakchisi.
AQSh davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan, uning hukumat tepasida qolib, mamlakatni bundan keyin ham boshqarishi bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
"Uning davlati juda ham boy mamlakatlardan biriga aylanadi. Ular juda mehnatkash xalq", deya Tramp KXDR denuklearizatsiya jarayoniga shama qilgan.
AQSh prezidenti Kim Chen In tinch yo‘l bilan yadroviy qurollardan voz kechsa, Liviya sobiq rahbari Muammar Qazzofiga taqdim etilmagan kafolat unga tuhfa etilishini ma'lum qildi.