O‘zbekiston | 11:37 / 19.05.2018
24841
2 daqiqa o‘qiladi

Bu yerda odamlarni faqat tadbirkorlik, hunarmandlik orqali boqish mumkin – Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati misolida «Har bir oila tadbirkor» dasturi konsepsiyasi bilan tanishdi. Davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu konsepsiya mehnat bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlik, hunarmandlik, fermerlik, kasanachilikka o‘rgatish orqali ularga daromad manbai yaratib berishga qaratilgan, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Andijonda aholi zich joylashgan. Bir-ikkita zavod bir foiz aholini ham ish bilan ta'minlay olmaydi. Bu yerda odamlarni faqat tadbirkorlik, hunarmandlik orqali boqish mumkin. Xonadonlarga mablag‘ kiritsak, zarur uskunalar berib, aql bilan ishlashni o‘rgatsak, odamlar o‘zini o‘zi boqadi. Uyiga buyum oladi, bolasiga kitob olib beradi, soliqqa, elektrga pul to‘laydi, byudjyetga mablag‘ tushadi. Bir yildan keyin sarflagan pulimiz ikki barobar bo‘lib qaytadi. Iqtisodiy mexanizm mana shunday bo‘lishi kerak», dedi prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari tadbirkor va hunarmandlar yetkazib beradigan mahsulotlar sig‘imini aniqlash, odamlar sotib oladigan tovarlar ishlab chiqarish, xususan, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Andijonga kelgani xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid