Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan tanişiş maqsadida 19 may kuni Andijon viloyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, taşrif davomida töqimaçilik, pillaçilik, farmatsevtika, agrosanoat korxonalari faoliyati bilan tanişiş, istiqbolli loyihalarni muhokama qiliş, viloyat faollari va mutasaddilar iştirokida yiğiliş ötkaziş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz manbasi viloyat hududida taşrifga tayyorgarlik avjida ekani, yöllarda obodonlaştiriş işlari olib borilayotgani haqida xabar bergandi. Prezident taşrif davomida viloyatning çöl hududi bölgan Uluğnor tumanidagi Şahriston mahallasida «Obod qişloq» dasturi böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişişi, Andijon tumanida «Zamin Bio Health» jamiyati tomonidan yangi iş boşlagan insulin zavodi, «Milano tekstil» korxonasi, «Andijan Silk Co» Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi, Asaka tumanida taşkil etilgan «Sabo hamkor» jamiyatida taşkil etilgan banan boğiga borişi kutilmoqda.