Jahon | 01:31 / 19.05.2018
23272
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada yo‘lovchi samolyoti qulashi joyida omon qolganlar topildi

Foto: twitter.com/Granma_Digital

Kubada Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan joyda 3 yo‘lovchi tirik topildi. Ular og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilganlar. Bu haqda Gramma nashri ma'lum qildi

Samolyot 18 may kuni Gavanadagi aeroportdan ko‘tarilishi bilanoq halokatga uchragan. U Olginga uchayotgan bo‘lib, bortida 104 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, samolyot Cubana de Aviacion aviakompaniyasiga tegishli.

Voqea joyida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ish olib borishmoqda. U yerga Kuba rahbari Migel Dias-Kanel ham yo‘l olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid