Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Marhamat - 2017» tuti Mirziyoyevda katta taassurot qoldirdi
Davlat rahbarining «Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga tashrifi chog‘ida «Marhamat - 2017» tuti haqida ma'lumot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu nav marhamatlik olim Abdufattoh Musurmonqulov tomonidan mahalliy «O‘zbekiston» va Yaponiyaning «Oshima» navlarini payvand qilish orqali o‘stirilgan. Uning barglari katta va orasi tig‘iz, shuning evaziga hosildorligi yuqori. Masalan, oddiy tutning bir gektaridan 20 tonna barg olinsa, «Marhamat - 2017» navidan 40 tonnagacha barg olish mumkin.
«Pillachilik milliy qadriyatimiz, boyligimiz. Undan uch martagacha hosil olish, tayyor mato ishlab chiqarib, katta daromad topish imkoniyati bor. Bizga faqat ozuqa - tut bargi yetishmaydi. Avvalgi tutlar qarigan, hosildorligi pasayib ketgan. Pillachilikni rivojlantirish uchun mana shunday intensiv va mahsuldor navlarni ko‘paytirish kerak» dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi «Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga tashrifi chog‘ida ramziy tugmani bosib, uning faoliyatiga start bergandi.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025