Şavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi «Andijan Silk.Co» qöşma korxonasiga taşrifi çoğida ramziy tugmani bosib, uning faoliyatiga start berdi. Bu yerda amalga oşirilgan işlar bilan tanişdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi uşbu Özbekiston – Xitoy qöşma korxonasida pilla qayta işlanib, tayyor mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyildi.

«Andijan Silk.Co» qöşma korxonasiga 2 million 100 ming dollar evaziga Xitoyda işlab çiqarilgan ip yigiruv va tikuv maşinalari keltirib örnatildi. Natijada 150 kişi doimiy iş örniga ega böldi. Joriy yil oxirigaça işçilar sonini 300 taga yetkaziş közda tutilmoqda.

Loyiha töliq quvvat bilan işga tuşirilgaç, yiliga 300 tonna quruq pilla qayta işlanadi. 2018 yilning özida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qiliş rejalaştirilgan.

Şu yerning özida pillaçilikni rivojlantiriş, çarm-poyabzal, quriliş materiallari, ip-kalava hamda gazlamalar işlab çiqarişga möljallangan loyihalar taqdimoti ham ötkazildi.

Davlat rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati