Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «Qiz bolaning kulgisi, hayotdan roziligi - oilaning baxti»
Davlat rahbarining Andijon viloyatiga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida Andijon tumani Xakan qishlog‘ida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
«Milana textile» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 milliard so‘m o‘z mablag‘i va «Aloqabank» viloyat filialidan olingan 2 milliard so‘m kredit evaziga uch qavatli bino rekonstruksiya qilinib, Turkiya va Xitoydan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib o‘rnatildi.
Bugungi kunda korxonada ayollar va bolalar uchun 20 turdan ortiq trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tumandagi 200 nafardan ortiq qishloq xotin-qizlari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi.
Sizlarning ko‘zlaringizni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Qiz bolaning kulgisi, hayotdan roziligi - oilaning baxti, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati misolida «Har bir oila tadbirkor» dasturi konsepsiyasi bilan tanishgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026