Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yangi qo‘shma korxonani ochib berdi
Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi «Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga tashrifi chog‘ida ramziy tugmani bosib, uning faoliyatiga start berdi. Bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida pilla qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
«Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga 2 million 100 ming dollar evaziga Xitoyda ishlab chiqarilgan ip yigiruv va tikuv mashinalari keltirib o‘rnatildi. Natijada 150 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Joriy yil oxirigacha ishchilar sonini 300 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Loyiha to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 300 tonna quruq pilla qayta ishlanadi. 2018 yilning o‘zida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.
Shu yerning o‘zida pillachilikni rivojlantirish, charm-poyabzal, qurilish materiallari, ip-kalava hamda gazlamalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
Davlat rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dori vositalarining narxi pasayishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025